Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marhum kichik serjant Eshnazarov Xosilbek Beknazar o‘g‘lini «Jasorat» medali bilan mukofotlash to‘g‘risida
17:35 / 2026-03-03

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi fidokorona mehnati, yurtimizda jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligi va xalqimiz osoyishtaligini saqlash, yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, qoidabuzarliklar profilaktikasini samarali amalga oshirish borasidagi katta xizmatlari, muqaddas qasamyodiga sodiq qolgan holda o‘z burchini sidqidildan va yuksak sharaf bilan ado etib, mardlik va fidoyilik namunasini ko‘rsatgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashdagi faol ishtiroki uchun Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo‘l-patrul xizmati inspektori, marhum kichik serjant Eshnazarov Xosilbek Beknazar o‘g‘li «Jasorat» medali bilan mukofotlansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoyev