Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marhum harbiy xizmatchilar yod etildi
09:42 / 2022-01-07

Yurtimizda o‘z Vatani va xalqi uchun jonini fido qilgan insonlar xotirasini pok saqlash, ularning oilalaridan xabar olish, ko‘nglini ko‘tarishga e’tibor qaratilmoqda.

Namanganda mamlakatimiz Qurolli kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi va Pop tumani hokimligi hamkorligida harbiy xizmatni o‘tayotgan vaqtda vafot etganlarning oilalari holidan xabar olindi.

Tumandagi Tinchlik mahallasida istiqomat qiluvchi Maxsuda Bahriddinova, Uyg‘ur mahallasida yashovchi Halima Bahriddinova, “Yangi mahalla” mahalla fuqarolar yig‘inida turuvchi Zamira Mamanazarovaning xonadoniga borildi. Ularga sovg‘alar va oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.

Vatanni sevmoq iymondandir, deyishadi. Bayram arafasidagi mana shunday tadbirlar Vatan uchun jonini fido qilganlarni xalqimiz aslo unutmasligining dalilidir. Bu esa yosh avlod qalbida vatanparvarlik, yurtga daxldorlik hissi oshishiga, ona Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi yanada jo‘sh urishiga xizmat qiladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA