Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marhum bojxonachilar xotirlandi
18:21 / 2023-05-09

Bojxona organlari xodimlari tomonidan 9 may – “Xotira va qadrlash” kuni munosabati bilan xayrli ishga qo‘l urildi. Xususan, Sirdaryo tumanida mamlakatimizning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishga munosib hissa qo‘shgan, bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni ta’minlash borasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati va xizmat burchini bajarishda mardlik va jasorat ko‘rsatgan bojxona faxriysi, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining birinchi rahbari, marhum Erminjon Asqarov hamda sharafli burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan marhum Akmal A’zamovlarning xonadonida yo‘qlov tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbir davomida marhum bojxona xodimlarining xizmat vaqtida tizimga qo‘shgan hissalari xotirlanib, ularning oila-a’zolariga sovg‘a-salomlar berildi.

– Boshqarmamizda marhum ustozlarimiz, o‘z xizmat vazifalarini o‘tash chog‘ida burchiga, o‘z qasamyodiga sodiq qolib halok bo‘lgan hamkasblarimizning oilalari holidan xabar olish ezgu an’anaga aylangan, – deydi Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Jahongir Hatamov. –Biz bunday oilalarni nafaqat Xotira va qadrlash kunlari, Yangi yil, Navro‘zi olam, Hayit bayramlarida, Mustaqillik bayramlarida ham yo‘qlab boramiz. Bunday xayrli tadbirlar yosh hamkasblarimiz orasida  qadriyatlarimizni yuksaltirishga xizmat qilib, ibrat maktabini ham o‘taydi. Zero, inson aziz, xotira muqaddasdir.  

Shuhrat Suyarov, O‘zA