Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marhamat tumaniga hokim tayinlandi
15:03 / 2025-12-09

Tayinlov

Xalq deputatlari Marhamat tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada tashkiliy masala – Marhamat tumani hokimini tayinlash masalasi ko‘rib chiqildi.

Sessiyada Umrzaqov Ilyosbek Urinboy o‘g‘li nomzodi bir ovozdan ma’qullanib, tuman hokimi lavozimiga tayinlandi. 

Umrzaqov Ilyosbek Urinboy o‘g‘li 1988 yilda Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. U 2011 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filiali (kunduzgi), 2022 yilda Toshkent moliya institutini (sirtqi) tamomlagan.

Umrzaqov Ilyosbek ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.

O‘zA