Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marhamat tumanida “Ro‘mol sayli” o‘tkaziladi
16:39 / 2020-12-07

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yillik bayrami arafasida ro‘mol to‘qish hunarini rivojlantirish, yoshlarni ushbu hunarga qiziqishini yanada oshirish maqsadida Marhamat tumani Qoroqo‘rg‘on mahallasida tashkil etilgan “Ro‘mol sayli”da ushbu hunarni o‘rganish istagidagi ko‘plab qiz-ayollar ishtirok etdi.

  Andijon qadimdan hunarmandlar yurti sanalgan. Shahrixon pichoqlari, andijonlik ustalar tayyorlagan beshiklar, yog‘och va ganj o‘ymakorlik mahsulotlari, Andijon do‘ppilari, Marhamatning yung ro‘mollari yurtimizning barcha joylarida shuhrat topgan.

Xususan, Marhamat tumanidagi Qoraqo‘rg‘on qishlog‘i o‘ramidagi mahallalar o‘zining jun ro‘mollari bilan mashhurdir. Oq va angor echkilarning tabiiy junidan to‘qilgan rang-barang ro‘mollarning dong‘i Buxoro, Xorazmu Surxondaryogacha yetib borgan. bugungi kunda bu yerda tayyorlanayotgan ro‘mollar Rossiya, Qig‘iziston, Qozog‘iston davlatlariga eksport ham qilinmoqda.  

 Qoraqo‘rg‘onliklar ushbu hunarni uzoq yillardan buyon ardoqlab kelishadi. oilaviy hunarmandlar, hunarmandlar sulolalari shakllangan.  

Keyingi yillarda yurtimizda tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, hunarmandchilikni rivojlantirish orqali aholi bandligini ta’minlash, oilalarning doimiy daromad manbaini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

– bugungi kunda Qoraqo‘rg‘on, Bozorboshi mahallalarida 400 nafardan ziyod xotin-qiz ro‘mol to‘qish hunari bilan shug‘ullanadi, - deydi Qoraqo‘rg‘on maxhalla fuqarolar yig‘ini raisi Murotali Jo‘rayev.  – Ushbu hunar necha o‘n yillardan buyon “ustz-shogird” an’anasi asosida rivojlanib keladi.  

Qoraqo‘rg‘on, Bozorboshi mahallalarida yashovchi hunarmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, hunarmandchilikni rivojlantirish maqsadida 2018-2020 yillar davomida “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida hunarmand opa-singillarimizning 200 nafariga 10 million so‘mdan, 200 nafariga 5 million so‘mdan imtiyozli kreditlar berildi. Natijada Qoraqo‘rg‘on qishlog‘ida ro‘molchilik hunari yanada yuqori bosqichga ko‘tarildi.  

Tadbirda qariyb yarim asr davomida ayollarga ro‘mol to‘qish hunarini o‘rgatib kelayotgan mehnat faxriysi Raya Norbo‘tayeva, uning shogirdlari, uzoq yillardan buyon ushbu hunarni ardoqlab kelayotgan  Ro‘zixon Dadajonova, Mavjuda Saidakbarova, Moxigul Mamatxonovaga yuksak ehtirom ko‘rsatildi.  

Hunarmandlar tomonidan tayyorlangan rang-barang ro‘mollar ko‘rgazmasini barcha katta qiziqish bilan tomosha qildi. Tadbir qatnashchilari to‘qilgan ro‘mollarni ko‘rib, “Insonning qo‘li gul” degan gap bejiz aytilmaganligiga ishonch hosil qilasiz, ularning mahoratiga qoyil qolmasdan ilojingiz yo‘q.. Chunki bejirim va nafis ro‘mollar shubhasiz, har qanday kishining ko‘zini quvontiradi.

Festival doirasida tuman Madaniyat markazi qoshida tashkil etilgan “Yosh ohangrabo” ashula va raqs ansanbli, shuningdek, el suygan xonandalar tomonidan namoyish etilgan badiiy dastur barchaga xush kayfiyat ulashdi.  

F. UBAYDULLAEV, Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA