Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marhamat tumanida elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilanadi
16:28 / 2023-05-11

Andijon viloyati Marhamat tumanida keng ko‘lamli qurilish-bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda. Ana shu ishlar samarasi o‘laroq, nafaqat tuman markazi, balki chekka-chekka mahallalarda ham yangi savdo, xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, turar-joy binolari, keng, ravon yo‘llar, gulzor va xiyobonlar bunyod etilmoqda, aholining turmush farovonligi yuksalmoqda.

Ayniqsa, aholini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning sifatini yanada yaxshilash uchun tuman elektr ta’minoti xodimlari tomonidan belgilangan ishlar tizimli ravishda va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.  

– Elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida tumanning qator mahallalarida keng ko‘lamli qurilish, ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda, – deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Andijon hududiy filiali “Marhamat tuman elektr ta’minot” korxonasi rahbari Hasanboy Ahmedov. – Natijada yillar davomida elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha aholini qiynab kelayotgan muammolar bartaraf etilmoqda.  

[gallery-11837]

Jumladan, joriy yilda tumandagi 19 ta mahallada 23,5 kilometr uzunlikdagi elektr simlarini yangilash, 15 ta yangi transformator o‘rnatish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Chilon va Birlik mahallasida 2,9 kilometr uzunlikdagi yangi liniya tortilishi, 3 ta yangi transformator, 140 dan ortiq beton ustunlar o‘rnatilishi belgilangan.  

Ayni kunda bu boradagi ishlar izchil va tizimli ravishda olib borilmoqda. Xususan, Shahriston, mahallasida 2,7 kilometr, Uvaysiy mahallasida 1,7 kilometr yangi liniya tortildi. Shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida Chilon, Birlik mahallalarida yangi liniyalar tortilib, 136 ta beton ustunlar o‘rnatildi.  

Ayni kunda mutaxassislar tomonidan tumanning chekka hududlaridan biri hisoblangan Ko‘tarma mahallasida yangi liniyalar tortish, beton ustunlar o‘rnatish ishlari olib borilmoqda. Hozirga qadar 850 metr yangi liniya tortilib, 21 ta beton ustun o‘rnatildi. Umuman, elektr energiyasi ta’minotini yaxshilash, shuningdek, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida olib borilayotgan ishlar natijasida tumanning qator mahallalarida elektr energiyasi ta’minoti tubdan yaxshilanadi.  

F. Ubaydullayev, Z. Umrzoqov (surat), O‘zA