Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marhamat tumani yosh futbolchilari g‘olib bo‘ldi
14:47 / 2022-06-20

Andijonda “Yoshlar oyligi” doirasida “Viloyat hokimi kubogi” uchun sportning qator turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Viloyat hokimligi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamda boshqa qator tashkilotlar hamkorligida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlar o‘rtasida sport va sog‘lomlashtirish ishlarini ommalashtirish maqsadida sportning qator turlari bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” uchun o‘tkazilayotgan musobaqalar qizg‘in pallaga kirdi.

Baliqchi tumanida sportning mini futbol turi bo‘yicha “Viloyat hokimi kubogi” uchun musobaqalarda 16 tuman, shahar jamoasi g‘oliblik uchun o‘zaro bahslashdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan Marhamat tumani jamoasi faxrli 1- o‘ringa sazovor bo‘ldi. Qorasuv shahar hamda Buloqboshi tumani jamoalariga ikkinchi va uchinchi o‘rin nasib etdi. 

[gallery-7632]

Izboskan tumani markazidagi "Dinamo" o‘yingohida bo‘lib o‘tgan "Arqon tortish” musobaqasi ham qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi.
Viloyatning barcha tuman, shahar jamoalari ishtirok etgan mazkur musobaqada Paxtaobod tumani jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Shahrixon tumani jamoasi ikkinchi, Asaka tumani jamoasi esa uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Har ikki sport musobaqasi g‘olib va sovrindorlari medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

F. UBAYDULLAEV,

Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA