Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marhamat tumani ahliga yangi avlod tez yordam mashinalari xizmat ko‘rsatadi
05:40 / 2023-04-01

FOTOREPORTAJ

Shoshilinch tibbiy yordam sifatini oshirish, chaqiriqlarga kechikmay borish va aholining bu borada e’tirozlariga sabab bo‘layotgan ayrim muammolarni uzil-kesil bartaraf etishda sohaning moddiy-texnik bazasini zamon talablari asosida yangilash hal qiluvchi ahamiyatga ega.

[gallery-11235]

Shunga ko‘ra hozirda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining joylardagi bo‘limlari so‘nggi avlod tez yordam avtomobillari bilan ta’minlanayotgani e’tiborga loyiqdir. Xususan, Andijon viloyati Marhamat tumaniga har biri 336,5 million so‘mga teng uch dona «Volkswagen Caddy» avtomobili keltirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Marhamat tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M. Rejavaliyev va boshqalar sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, malakali va sifatli tibbiy xizmatni aholiga yanada yaqinlashtirish yo‘lida qilinayotgan amaliy ishlar xususida so‘z yuritdi.  

Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA