Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marg‘ilonda o‘zbek san’ati darg‘alariga atab San’atkorlar xiyoboni barpo etiladi
12:27 / 2021-09-28

Farg‘onadan yetishib chiqqan Yusufjon qiziq Shakarjonov, Usta Olim Komilov, Muhiddin qori Yoqubov, Tamaraxonim, Mukarrama Turg‘unboyeva, Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Nabi Rahimov, Jo‘raxon Sultonov, Ma’murjon Uzoqov, Rahima Mazohidova, Murodjon Ahmedov, Tavakkal Qodirov singari ulug‘ san’atkorlar yuksak san’ati bilan xalqimiz mehrini qozongan.

Hozir ham bu sohada ko‘plab umidli yoshlar voyaga yetib kelmoqda.

Shavkat Mirziyoyev farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashuvda yuqorida nomlari sanalgan ulug‘ san’atkorlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida Marg‘ilondagi Ijodkorlar bog‘ida ularning byustlarini o‘rnatib,  San’atkorlar xiyoboni barpo etishni taklif etdi.

O‘z davrida madaniyat va san’at yo‘nalishidagi ta’lim muassasalari  

ulug‘ san’atkorlar nomi bilan atalgan edi. Endilikda ular qayta nomlanib, xotirasi e’zozlanadi.

Yusufjon qiziq Shakarjonov nomini abadiylashtirish maqsadida Farg‘onada askiya san’ati markazi ochiladi. Qo‘qon shahrida O‘zbekiston xalq artisti  Rahima Mazohidova ijrochilik maktabini rivojlantirish maqsadida lapar ijrochilarining an’anaviy ko‘rik-tanlovi  hamda xonandaning uy-muzeyi tashkil etiladi.

Tobora noyob bo‘lib borayotgan milliy dorbozlik va polvonlik an’analarini saqlab qolish hamda targ‘ib qilish maqsadida har ikki yilda bir marotaba “Maydon tomoshalari” festivali yo‘lga qo‘yiladi.

 

O‘zA