French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marg‘ilonda o‘qituvchi o‘quvchini boshini yorib qo‘ygani rostmi?
17:15 / 2024-03-06

Ijtimoiy tarmoqlarda  Marg‘ilon shahrida o‘qituvchi qo‘l telefoni bilan o‘quvchini boshiga jarohat yetkazganligi haqidagi videoxabar tarqalmoqda. Xo‘sh, keng muhokamaga sabab bo‘layotgan mazkur holat qanday yuz berdi? Farg‘ona viloyati IIB tomonidan   bunga oydinlik kiritildi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 5-mart kuni Marg‘ilon shahar 29-sonli o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchisi M.E. 5 "D" -sinfda dars olib borayotgan payt o‘quvchi J.U. tinimsiz to‘polon ko‘tarib, baqirganligi, turli harakatlar bilan dars jarayoniga halaqit berganligi uchun o‘qituvchini jahli chiqib, o‘zining mobil telefon apparatini otgan. Natijada, telefon J.U.ning bosh sohasiga tegib, tan jarohati olgan.

J.U.ning tan jarohati og‘irlik darajasini aniqlash uchun sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

Yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi. 

M.Sulaymonov, O‘zA