French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marg‘ilonda folklor san’ati ixlosmandlari jam bo‘ldi
09:58 / 2023-05-30

Farg‘ona viloyati Marg‘ilon shahridagi ijodkorlar bog‘ida ikkinchi “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro Turkiy madaniyat tashkiloti – TURKSOY bosh kotibi Sultan Rayev, Madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari Bahodir Ahmedov, Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari Xurshid Ahmedov so‘nggi yillarda O‘zbekistonda olib borilayotgan ulkan islohotlar doirasida xalqning milliy o‘zligini, qadimiy tarixi va tilini, uning hayot tarzi, an’ana va urf-odatlarini o‘zida mujassam etadigan, umumbashariy madaniyatning ajralmas qismi sifatida tan olingan folklor san’atining rivojiga alohida e’tibor berilayotgani alohida qayd etildi.

Folklor san’atiga e’tibor va qiziqishni oshirish – “ommaviy madaniyat”, shou-biznesning salbiy ta’siri dunyoda tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda yosh avlodni milliy o‘zlikni anglash, tarixiy merosga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi.
Festivalda yurtimizning barcha hududlaridan shuningdek, qo‘shni Qozog‘iston va Qirg‘izistondan jami 20 ga yaqin ijodiy jamoalar, 200 nafarga yaqin xalq ijodiyoti namoyandalari, san’at va madaniyat arboblari, madaniy tadbirlarga esa yana o‘nlab Farg‘ona viloyatining folklor jamoalari ishtirok etmoqda.
Taniqli xonandalar, mashhur ashula va raqs ansambllari tomonidan tayyorlangan chiqishlar, turli tillarda yangragan qo‘shiqlar, betakror milliy raqslar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Festivalning ilk kuni Marg‘ilon osmoni uzra porlagan rang-barang va yorqin mushaklar bilan yakunlandi.

[gallery-12108]
Ma’lumot o‘rnida uch kun davom etadigan “Buyuk ipak yo‘li” xalqaro folklor musiqa festivali davomida badiiy kechalar, ijodiy uchrashuvlar va mahorat darslari, xorijiy va O‘zbekiston folklor jamoalarining xalqaro ko‘rik-tanlovi hamda sayllar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Festival tantanali taqdirlash marosimi va gala-konsert bilan yakunladi.

M.Sulaymonov, O‘zA