Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marg‘ilonda “70+” klubi ochildi
16:44 / 2026-03-10

Keksalikda ham sog‘lom, tetik ruh bilan yashash mumkinmi? Albatta, demoqda marg‘ilonlik qariyalar. Ular “70+” klubini tashkil etdilar. So‘ng har tongni shahardagi 2-sonli sport maktabida badantarbiya mashg‘ulotlari bilan boshlashni yaxshi an’anaga aylantirishdi. Ular erta sahardan toza havoda jam bo‘lib, velosiped haydash, yurish va sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanishadi.

Bu mashg‘ulotlar otaxonlarning sog‘lom turmush tarzini saqlashlariga, jismoniy faollikni oshirishga hamda kayfiyatini ko‘tarishga xizmat qilmoqda. Eng muhimi, bu yerda ular bir-birlari bilan muloqot qilib, do‘stona muhitda vaqt o‘tkazishadi.

Ochig‘i, bu kabi manzarani Xitoy, Singapur, Koreya Respublikasi va Yaponiya safarlari davomida ko‘p bor uchratgan edik va havas qilgandik. Endi keksalarning salomatlik guruhlari o‘zimizda— Marg‘ilonda faoliyat yuritmoqda.

Ha, darvoqe, keksa avlod vakillarining bunday ibratli tashabbusi yoshlar uchun ham sog‘lom hayot tarzini targ‘ib etuvchi yaxshi namuna bo‘lib xizmat qilsa ajab emas.

Muhammadjon Obidov, O‘zA