English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mardlik va chempionlik ruhi uyg‘unlashgan uchrashuv
12:26 / 2026-01-08

Yangiyer shahrida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida yoshlar uchun ma’naviy-ma’rifiy va sport ruhidagi uchrashuv tashkil etildi. Tadbir Yangiyer shahar DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tashabbusi bilan shahar Sport maktabi, Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali hamda Yoshlar ishlari agentligining shahar bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.

“Mardlik va chempionlik ruhi uyg‘unlashgan uchrashuv” nomi ostida tashkil etilgan tadbirda o‘quvchi va talaba yoshlar, harbiy xizmatchilar hamda taniqli sportchilar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17  o‘smirlar terma jamoasi a’zosi va Osiyo chempioni Azizbek Abdumo‘minov, O‘zbekiston U-15 o‘smirlar terma jamoasi a’zosi va Osiyo chempioni Doniyor Abdumo‘minov, shuningdek, taekvondo va bodibilding sport turlari bo‘yicha bir necha marotaba O‘zbekiston chempioni Musobek Jumaboyev hamda uning ikki nafar chempion shogirdi ishtirok etishdi.

Sportchilar yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, o‘z faoliyati, erishgan yutuqlari va muvaffaqiyat sari bosib o‘tilgan yo‘l haqida so‘zlab berishdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar va shu bilan birga, sportda harakat va intilish orqali qanday natijalarga erishish mumkinligi haqidagi taniqli sportchilarning o‘gitlarini tinglashdi.

– Bunday uchrashuvlar yoshlar uchun katta ahamiyatga ega. Ular nafaqat sportdagi yutuqlarimizni ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi, balki mehnatsevarlik, intilish va jismoniy tayyorgarlik qanchalik muhimligini ham bilib oladilar. Men yoshlar bilan muloqot qilish orqali ularni sportga qiziqtirish va vatanga sadoqat ruhini uyg‘otishga harakat qildim. Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar har bir yoshning kelajagi uchun ulkan rag‘bat va tajriba manbai bo‘ladi, – deydi tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston U-15 o‘smirlar terma jamoasi a’zosi va Osiyo chempioni Doniyor Abdumo‘minov.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri