Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” ko‘rik-tanlovining yakuniy bosqichi o‘tkazildi
19:22 / 2020-12-19

Qurolli Kuchlar akademiyasida “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni” nomli harbiy-vatanparvarlik qo‘shiqlar tanlovining yakuniy bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.

Harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida ijod qilayotgan shoir, kompozitor va yosh ijodkorlarga shart-sharoitlar yaratish, ularni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston kompozitorlar va bastakorlar uyushmasi, Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil qilingan ushbu tanlov ko‘plab yosh iste’dodlar va musiqiy asarlarning yuzaga chiqishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Saf qo‘shiqlari, estrada qo‘shiqlari, lirik qo‘shiqlar nominatsiyalarida jami 44 nafardan ortiq harbiy-vatanparvarlik yo‘nalishida ijod qilayotgan professional va yosh shoirlar, bastakorlar, yakkaxon va ansambl jamoalari qo‘shiq matni va musiqaning badiiy saviyasi, mazmuni, ijrochi mahorati, sahna rejissurasi va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Umumiy natijalar quyidagicha bo‘ldi:

Saf qo‘shiqlari yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin - Ichki ishlar vazirligi. “Yangi O‘zbekistonni birgalikda qurgaymiz” qo‘shig‘i. Ijrochi serjant Zokirjon To‘ychiyev. Safdorlar: Suhrob Hamdamov, Sherali Bekmuralov, Farhod Qambarov;

2-o‘rin - Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Marat Hakimov “Mardlar safidaman” qo‘shig‘i bilan;

3-o‘rin - Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari. “Uchuvchilar” qo‘shig‘i. Kichik serjant Husniddin Halimqulov ijrosida.

Estrada qo‘shiqlari yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin - Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari. “Granitsa” qo‘shig‘i. Kichik serjantlar Xurshid Nazirov, Husniddin Halimqulovlar ijrosida;

2-o‘rin - Favqulodda vaziyatlar vazirligi. “Muqaddas jon qadar” qo‘shig‘i. Podpolkovnik Savriddin Najmiyev ijrosida;

3-o‘rin - Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli Xor jamoasi. “Xalq bu” qo‘shig‘i.

Lirik qo‘shiqlar yo‘nalishi bo‘yicha:

1-o‘rin - Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli Xor jamoasi. “Vatan” qo‘shig‘i;

2-o‘rin - Milliy gvardiya. “Postda” qo‘shig‘i. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi oddiy askar Begzat Begdullayev ijrosida.

3-o‘rin - Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi. “Elga arnov” qo‘shig‘i. Kichik serjant Solixo‘ja Jiyanov ijrosida.

Ko‘tarinki kayfiyat va yorqin lahzalarga boy bo‘lgan tanlov yakunida g‘oliblar diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Bobur ELMURODOV,

Mudofaa vazirligi Axborot va

ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xodimi