English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mardlar mahorati sinovdan o‘tdi
16:07 / 2019-11-22

Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida jismoniy tayyorgarlik va sport sohasiga katta e’tibor qaratilib, turli yo‘nalishlarda musobaqa va bellashuvlar tashkil qilinmoqda.


Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tizimida jismoniy tayyorgarlik va sport sohasiga katta e’tibor qaratilib, turli yo‘nalishlarda musobaqa va bellashuvlar tashkil qilinmoqda. 

Ana shu e’tibor samarasi o‘laroq Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlari orasida turli sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo va jahon chempionlari yetishib chiqmoqda. Buni Bahodir Jalolov, Bobo-Usmon Baturov, Murodjon Ahmadaliev, Hasanboy Do‘smatovlar misolida ko‘rish mumkin.

Ana shunday mohir sportchilarimiz safini kengaytirish maqsadida joriy yilning 18-20 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “JAR” sport majmuasida Milliy gvardiya tomonidan sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi birinchiligi uchun musobaqa tashkil etildi.

Mazkur turnirda jami 7 ta (-65, -70, -75, -80, -85, -90, +90) vazn toifasida 120 ga yaqin Milliy gvardiya harbiy xizmatchi va xodimlaridan tashkil topgan 18 ta jamoa o‘zaro kuch sinashdi. 

Musobaqa murosasiz janglarga boy bo‘ldi. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra,1-o‘rinni Milliy gvardiya Toshkent viloyati bataloni egalladi. Xorazm viloyati bo‘yicha Milliy gvardiya boshqarmasi 2-o‘rin, Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti jamoasi esa 3-o‘rin sohibi bo‘ldi. 

G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. Ular, shuningdek, 2020 yilda O‘zbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan qo‘l jangi bo‘yicha musobaqasi yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritdi.