Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mard o‘g‘lonlar g‘olib bo‘ldi
16:55 / 2023-02-07

Navoiy viloyatida uyushmagan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida “Mard o‘g‘lonlar” harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi, Davlat xavfsizlik xizmati, mudofaa, Yoshlar ishlari agentligi, sportni rivojlantirish boshqarmalari, Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida o‘tkazilgan musobaqada 9 ta jamoa 5 ta shart asosida o‘zaro bahslashdi.  

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Xatirchi tumanining “Tasmachi”, 2-o‘rinni Konimex tumanining “Konimex yoshlari”, 3-o‘rinni Navbahor tumanining “Lochinlar” jamoasi egalladi.  

Barcha g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.   

A.Bo‘riyev, O‘zA