Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marburg gemorragik isitmasi kirib kelishining oldini olish choralari ko‘rilmoqda – Sanepidqo‘mita
11:55 / 2024-10-09

Joriy yilning 29 sentyabr kuni JSST Afrika qit’asidagi Ruanda davlatida Marburg gemorragik isitma qayd etilganini ma’lum qilgan edi. Ruandaning 30 ta okrugining yettitasida, jami 26 ta tasdiqlangan holat ro‘yxatga olingan va shundan 6 ta holatda o‘lim qayd etilgan.

JSST ushbu epidemiya xavfini milliy darajada juda yuqori, mintaqaviy darajada yuqori va butun dunyo darajasida past deb baholamoqda.

Mamlakatimizga Marburg virusi isitmasi kirib kelishining oldini olish maqsadida davlat chegarasini kesib o‘tish joylarida Canitariya nazorat punktlarida hushyorlik oshirilgan.

Shuningdek, Marburg isitmasi bilan kasallanishning oldini olish maqsadida gemorragik isitma kasalligiga gumon qilingan bemorlarni o‘z vaqtida aniqlab, izolyatorlarga alohidalash;  gumon qilingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan tibbiyot xodimlari tomonidan standart ehtiyot choralarini ko‘rish, gumon qilingan bemorlarning qoniga tegmaslik, bemor ajratgan tana suyuqliklari, ular bilan ifloslangan yuzalar bilan muloqotda bo‘lmaslik choralari ko‘rilmoqda.  

Kasallikning etiologiyasi, klinikasi, laborator tashhisoti va kasallikning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish hamda kasallikni nazorat qilishda xavfsiz in’eksiya usullarini qo‘llash, shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, qayta ishlatilayotgan tibbiy asboblarni zararsizlantirish va chiqindilarini xavfsiz yo‘q qilish borasida ishlar amalga oshirilmoqda. Aholi orasida infeksiya bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi bu borada jiddiy xavotirga o‘rin yo‘qligini ma’lum qilmoqda.

O‘zA