Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marat Mavlonov “Universiada-2025” o‘yinlarining vitse-chempioniga aylandi
09:34 / 2025-07-22

Germaniyada davom etayotgan XXXII Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlarining taekvondo WT yo‘nalishida sportchilarimiz tomonidan yana bir medal qo‘lga kiritildi.

Gap shundaki, musobaqaning vazni 87 kilogrammdan ortiq bo‘lgan taekvondochilar bahsida hamyurtimiz Marat Mavlonov malayziyalik Muhammad Luqmon Mohd, ozarbayjonlik Hamidreza Badrialiabadini, ukrainalik Adriy Harbarni yengib, final bosqichiga chiqdi. Final bellashuvida esa koreyalik Sangyun Hyun Kangga qarshi jangda imkoniyatni boy berib qo‘ydi va kumush medal bilan taqdirlandi.  

Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston delegatsiyasining medallari soni 2 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza, jami 9 taga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA