Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marafondan ishlab chiqarilgan mahsulotlar yarmarkasigacha
11:54 / 2022-03-13

Buxoroda “Xotin-qizlarni e’zozlash haftaligi” doirasida yurish marafoni hamda “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlari imtiyozlari natijasida ishlab chiqarilgan mahsulotlar yarmarkasi tashkil etildi.

Dastlab buxorolik xotin-qizlar qadim shahar bo‘ylab yurish marafonini o‘tkazdi.

Aholi, ayniqsa, xotin-qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ushbu marafonda viloyat hokimi o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Feruzaxon Ibragimova boshchiligida mahalliy hokimliklar mas’ullari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, korxona va tashkilotlar mutasaddilari va ayol xodimlari, talaba yoshlar, keng jamoatchilik vakillari faol qatnashdi.

Sog‘lom turmush tarzini salomatlik asosi deb bilgan opa-singillar erta tongdan “Labi Hovuz” majmuasi yonida jamlanib, “Ark” qo‘rg‘oniga qadar bo‘lgan masofaga qadar yurdi.

“Ayollar” va “Yoshlar” daftarlari ro‘yxatlarida turgan, o‘z hunari va tashabbuskorligi bilan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xotin-qizlar tomonidan ishlab chiqarilgan sifatli va hamyonbop mahsulotlar yarmarkasi ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Unda oziq-ovqatlar va tayyor mahsulotlar, qo‘l ishi bilan yaratilgan milliy hunarmandchilik namunalari bilan 70 ga yaqin mehnatsevar xotin-qizlar qatnashdi.

[gallery-6124]

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat) O‘zA