Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marafonda 100 ga yaqin xotin-qiz ishtirok etdi
19:36 / 2019-05-20

Poytaxtimizda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi va “Milliy” stadion hamkorligida “Sogʻlom ayol – jamiyat boyligi” shiori ostida xotin-qizlar oʻrtasida velomarafon oʻtkazildi.


Poytaxtimizda Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston velosiped sporti federatsiyasi va “Milliy” stadion hamkorligida “Sogʻlom ayol – jamiyat boyligi” shiori ostida xotin-qizlar oʻrtasida velomarafon oʻtkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida hamda 15 may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan tashkil etilgan marafonda 100 ga yaqin xotin-qiz ishtirok etdi.

Yurtimizda xotin-qizlar sporti rivojiga alohida ahamiyat berilmoqda. Turli sport musobaqalarini tashkil etish orqali xotin-qizlarni ommaviy tarzda sportga jalb etishga erishilmoqda. Mazkur sport tadbiri ham yurtimizda xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlashga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini kuchaytirish, shu bilan birga hayotimiz koʻrki va millatimiz kelajagi boʻlgan xotin-qizlarning har tomonlama sogʻlom va jismonan baquvvat boʻlishini taʼminlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Velomarafonda 18 yoshdan 40 yoshgacha boʻlgan xotin-qizlar oʻrtasida Olmazor tumanida istiqomat qiluvchi M.Isayeva birinchi, Mirobod tumanilik V.Semyonova ikkinchi, Yakkasaroy tumanidan A.Salohiddinova uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi. 40 va undan yuqori yoshdagi xotin-qiz oʻrtasida esa Olmazor tumanidan S.Isayeva birinchi, Yashnobod tumani fuqarolari S.Sharkayeva ikkinchi, A.Xalilova uchinchi oʻrinni egalladi.

Gʻolib va ishtirokchilarga homiylarning sovgʻalari topshirildi.