Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Marafonchilar finish chizig‘iga yetib keldi
16:59 / 2021-06-04

Andijon viloyatidan yo‘lga chiqqan velosportchilar Mo‘ynoq tumanida belgilangan finish chizig‘iga yetib keldi.

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlangan «Mo‘ynoqqa madad» ekologik xayriya velomarafoni yakuniy bosqichi ishtirokchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga keldi. Marafon ishtirokchilari u yerda tantanali kutib olindi va marafon rasman yakunlandi.

- 16 yoshdaman, ushbu marafon men qatnashgan eng katta sport tadbiri bo‘ldi, — deydi marafon ishtirokchisi Sultonbek Aslonboyev. — Nukus shahrida istiqomat qilaman. Marafonga 25 may kuni Toshkent viloyati hududidan qo‘shildim. 10 kun davomida yo‘lda bo‘ldik. Bizni har bir viloyatda ko‘tarinki kayfiyatda kutib olishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan qator tashkilotlar bilan hamkorlikda uyushtirilgan marafon joriy yilning 21 may sanasida Andijon viloyatining Xonobod tumanidan start olgan edi.

 

D. Mamatova, O‘zA