English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maradonaning miyasida gematoma aniqlandi
10:45 / 2020-11-04

Argentinalik futbol yulduzi Diyego Maradonaning miyasida qon quyilishi oqibatida gematoma hosil boʻlganligi sababli jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi.


Argentinalik futbol yulduzi Diyego Maradonaning miyasida qon quyilishi oqibatida gematoma hosil boʻlganligi sababli jarrohlik amaliyotini oʻtkazdi.

Bir necha kun avval Maradonaning shaxsiy shifokori u shifoxonaga oʻz ixtiyori bilan yotgani va hech qanday xavf yoʻqligini taʼkidlagan edi.

Maʼlumotlarga qaraganda, Maradona 30-oktyabr kuni oʻzining 60 yillik yubileyiga bagʻishlangan uchrashuv oldidan ommaga koʻrinish bergan. Argentina chempionatining birinchi turida uning “Ximnasiya Esgrima” jamoasi “Patronato”ni 3:0 hisobida magʻlub etgandi. Uchrashuv oldidan unga esdalik sovgʻasi topshirildi. Biroq Maradona oʻzini yomon his qilayotgani bois oʻyinni kuzata olmadi. Shundan soʻng Maradona shifoxonaga yotqizilgani haqida gaplar tarqala boshladi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, miyaga qon quyilib, gematoma hosil boʻlishiga Maradonaning boks mashgʻulotlarida jarohatlangani sabab boʻlgan. Gematomani olib tashlash boʻyicha jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli oʻtdi va u jonlantirish boʻlimidan olib chiqildi.