Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Maqsuda”ning maqsadi amalga oshmadi
11:29 / 2024-05-05

Buxoroda 23 yoshli ayol fuqaroni qariyb 16 million so‘mga chuv tushirdi.

Jondor tumanida yashovchi 35 yoshli ayol O.S. IIOga murojaat qiladi. Murojaatda uning nomiga noma’lum sabablarga ko‘ra 15 million 970 ming so‘m onlayn kredit rasmiylashtirilganligini ma’lum qiladi. 

Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Jondor tumanida yashovchi 23 yoshli ayol R.M. sodir etganligi aniqlandi. 

Gumonlanuvchi o‘zini “Maqsuda” deb tanishtirib, mahallada ishlashini hamda bir martalik moddiy yordam puli olishda yordamlashishini aytgan. “Maqsuda” O.S.ning bank mobil ilovasi orqali 15 million 970 ming so‘m miqdorda onlayn kredit rasmiylashtirgan va o‘sha vaqtning o‘zida pullarni o‘zining bank kartasiga o‘tkazib, o‘zlashtirgan. 

Mazkur holat yuzasidan R.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Shu kunlarda tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu moddada ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlik uchun 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri