Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsuda Vorisova: “Uy-joylar va kommunal xizmatlarning ijtimoiy maqbulligini ta’minlash asosiy maqsadimiz”
13:27 / 2021-09-29

Prezidentlikka nomzod Maqsuda Vorisova aholining yil sayin o‘sib borishi natijasida uy-joy va kommunal xizmatlarga bo‘lgan talab ham oshib borishini hisobga olgan holda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, nogiron farzandlarni tarbiyalayotgan ota-onalar, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushgan ayollar uchun arzon uy-joylar qurilishini yanada kengaytirishga erishishni rejalashtirishini ta’kidladi.

Shu maqsadda mamlakatimizda zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida qurilish materiallari va konstruksiyalar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, aholining asosiy qatlami uchun arzon uy-joy qurishga imtiyozli ipoteka krediti berish amaliyotini takomillashtirish choralari ko‘rish zarur.

Kommunal xizmatlar uchun aholi va ta’minotchi o‘rtasida tuziladigan shartnomalar to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi va yuridik hujjat maqomi berilishi kerak. Shartnoma talablari buzilgan taqdirda iste’molchining xuquqlari qonunan himoya qilinishi zarur. Yetkazib beruvchi tashkilotlarning iste’molchilar oldidagi majburiyatini oshirish shart.

Kommunal xizmatlar narxi kamida uch yilga oldindan belgilanishi va bu davr uchun tariflar iste’molchi uchun ham, investor uchun ham tushunarli bo‘lgan oddiy usul yordamida hisoblab chiqilishi zarur.

Prezidentlikka nomzod M.Vorisovaning saylovchilar bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Abduvali Bo‘riyev, Siroj Aslonov (surat), O‘zA