Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsud Asadov: shoirlarning sultoni – Navoiy (+video)
20:42 / 2026-02-08

Alisher Navoiy hayoti, shaxsiy fazilatlari, faoliyati, ko‘pqirrali merosini bilish va anglashga intilish moziydan hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda.

Chunki ulug‘ o‘zbek shoiri, nosiri, mutafakkiri, davlat arbobi, ma’rifatparvari, ijod ahlining murabbiysi, fuqaro g‘amxo‘ri, mamlakat yaxlitligi, tinchligi va osoyishtaligining tolmas kurashchisi Nizomiddin Amir Alisher Navoiy o‘zining ko‘pqirrali fa’oliyati bilan mamlakat va xalq taqdiri, ilm-ma’rifat, she’riyat va ma’naviyat tarixida alohida mavqega ega bo‘lgan benazir siymodir.

Alisher Navoiy o‘zining faoliyati va olijanob insoniy fazilatlari bilan hayotligi vaqtidayoq juda katta obru va hurmatga sazovor bo‘lgan. Shuning uchun uning hayoti, faoliyati, ilmiy va adabiy merosini o‘rganish, shaxsiy fazilatlarini yoritish, unga baho berish, uni ibrat-namuna sifatida e’tirof etib keng targ‘ib etish o‘sha vaqtdan, ya’ni XV asrning ikkinchi yarmidan boshlangan.

Bugungi lavhamizda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktor o‘rinbosari, filologiya fanlari doktori, professor Maqsud Asadov bilan buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy shaxsiyati, faoliyati va ijodi haqida batafsil suhbatlashdik.

Batafsil:

<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/YFsbqsMRPOI" title="Maqsud Asadov: shoirlarning sultoni – Navoiy " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA