Maqsud Asadov: Dilbar shaxs, mard va tadbirkor hukmdor (+video)
Ulug‘ shoir, qomusiy alloma, ma’rifatli faqih Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z asarlari bilan o‘zbek adabiyotini va tilini rivojiga, yuksalishiga, soddalashtirishga va jonli so‘zlashuv tiliga yaqinlashtirishga munosib hissa qo‘shdi.
Bobur ikki qo‘lida qilich o‘ynatadigan mohir sarkarda bo‘lishi bilan birga serqirra ijodkor edi. O‘zi podsho bo‘lgani uchun hech kimga tobe emas edi, ijod jarayonida o‘zini butunlay mustaqil his qilar va erkin qalam tebratardi. O‘sha davrning ko‘pgina saroy shoirlarida bo‘lmagan ijod erkinligi Bobur Mirzoda bor edi.
Bugungi lavhamizda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktor o‘rinbosari, filologiya fanlari doktori, professor Maqsud Asadov bilan Mirzo Boburning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi, jahon adabiyoti, ilm-fan va davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni haqida batafsil suhbatlashdik.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/0weYA1Ks4so" title="Maqsud Asadov: Dilbar shaxs, mard va tadbirkor hukmdor " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA