Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsadsiz foydalanilgan yerlar davlatga qaytarildi
15:14 / 2025-07-29

Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarasiz va maqsaddan tashqari foydalangan to‘rt fermer xo‘jaligining yer ijara shartnomalari sud qarorlari asosida bekor qilindi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, ushbu xo‘jaliklarga ajratilgan ekin maydonlari davlat zaxirasiga qaytarildi. Shuningdek, ulardan davlat foydasiga jami 3 million 750 ming so‘m miqdorida boj undirilishi belgilandi.

Tuman hokimligi tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar jarayonida “Sirdaryo Tulporlari 2022”,  “Hayitboyev Abdufattoh”, “Ahmad Sila farzandlari” va “Navbahorda Jasur Sardor Fayz” fermer xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanishda amaldagi qonunchilik talablari, agrotexnik me’yorlar hamda ijara shartlari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlangan.

Xo‘jaliklarga rasmiy ogohlantirish berilganiga qaramasdan, kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmagan. Shu sababli, tuman hokimligi tomonidan yer ijara shartnomalarini bekor qilish yuzasidan Oqoltin tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilgan.

Sud da’voni ko‘rib chiqib, fermer xo‘jaliklari bilan tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topdi.

Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi yerlari strategik ahamiyatga ega milliy resurs hisoblanadi. Undan maqsadli va samarali foydalanish — oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, hosildorlikni oshirish va aholi farovonligiga xizmat qiladi. Shu bois, yerdan foydalanuvchi har bir sub’ekt agrotexnik talablar hamda yerdan foydalanish qoidalariga qat’iy rioya qilishi shart.

Aks holda, ushbu talablarni buzish yer ijara shartnomalarining bekor qilinishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda tuman hokimligi tomonidan ijarachilar rasmiy ravishda ogohlantirilgan.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri