Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsadsiz foydalanilayotgan barcha yer maydonlari davlat zaxirasiga qaytarilgan
12:51 / 2026-02-02

Navoiy shahridagi Yoshlar markazida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari tomonidan O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi viloyat bo‘limi hamkorligida 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan matbuot anjumani tashkil etildi.

Dastlab Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan bajarilgan ishlar haqida ma’lumot berildi. 

Ta’kidlanganidek, olib borilgan monitoring va nazorat tadbirlari davomida 2316 ta holatda 85,7 gektar yer maydoni yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan hech qanday hujjatlarsiz noqonuniy egallab olingani aniqlangan.

– Mazkur qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish maqsadida barcha huquqbuzarlarga yozma ogohlantirishlar berilishi natijasida 1813 ta holatda 63,8 gektar yer maydonidagi noqonuniy qurilmalar fuqarolarning o‘z ixtiyori bilan bartaraf qilindi hamda yer maydoni avvalgi holatiga qaytarilishi ta’minlandi, – deydi Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Doniyor Nishonov. – Qonuniy talablarni bajarmagan shaxslarga nisbatan esa sudlarga da’vo arizalari kiritilib, majburiy tartibda buzdirish choralari ko‘rilmoqda. Shuningdek, 13 ta holatda 1,1 gektar sug‘oriladigan yerda aniqlangan noqonuniy qurilmalar yuzasidan huquqiy baho berish uchun prokuratura organlariga materiallar yuborilgan.

Bundan tashqari, olib borilgan o‘rganishlar davomida 612 ta holatda 978,6 gektar yer maydonlari fuqaro va tadbirkorlar tomonidan maqsadsiz foydalanilayotgani ma’lum bo‘ldi. Ushbu holatlar bo‘yicha tegishli hokimliklarga taqdimnomalar kiritildi va barcha yer maydonlari davlat zaxirasiga qaytarilishi ta’minlandi.

Matbuot anjumanida Davlat kadastrlari palatasining Navoiy viloyati boshqarmasi tomonidan ham yakunlangan yil davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili ko‘rib chiqildi. 

Jumladan, boshqarma va uning hududlardagi bo‘limlari xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida 31 ming 924 ta ob’ekt xatlovdan o‘tkazildi.

[gallery-27423]

– Xatlov natijasida 25 ming 735 ta ob’ekt “UZKAD” – Yagona kadastr axborot tizimi platformasida ro‘yxatga olindi, shuningdek, 12 ming 477 ta ob’ekt maxsus “E’tirof” axborot tizimiga yuklandi, – deydi Davlat kadastrlari palatasining Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i Elbek Zayniyev. – Boshqarmamizga ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha elektron dastur orqali jami 68 ming 870 ta ariza (buyurtma) kelib tushdi. Ularning 47 ming 891 tasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, 17 ming 172 tasi Davlat xizmatlari markazlari orqali va ma’lum sabablarga ko‘ra rad etildi, 2 ming 590 tasi esa to‘lov jarayonida qolmoqda. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan turar joy ob’ektlariga kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun 41 ming 480 ta ariza taqdim etildi. Ularning 28 ming 521 tasi yakunlandi, 11 ming 337 tasi rad etildi, 1 ming 193 ta ariza ko‘rib chiqilmoqda, 429 tasi esa to‘lov jarayonida.

Matbuot anjumani so‘nggida OAV vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldi.

A.Bo‘riyev, S.Aslonov (surat), O‘zA muxbirlari