French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsadli indikatorlar ijrosi qay holatda?
14:24 / 2022-10-11

Davlatimiz rahbarining 2021 yil 30 dekabrdagi tegishli qarorida 40 ta vazirlik va idoralarning 2022 – 2024 yillar uchun byudjet mablag‘laridan foydalanish bilan bog‘liq 118 ta rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlari tasdiqlangan.

Ayni kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida mazkur indikatorlarning bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlarining hisobotlari eshitilmoqda. 
 
Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi tomonidan Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Fanlar akademiyasi hamda Kinematografiya agentligining 2022 yil uchun byudjet xarajatlari va rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlar ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti eshitildi. 
 
Qayd etilganidek, bugungi kunda belgilangan indikatorlarning so‘zsiz ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ullar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Aholining ma’naviy-axloqiy va madaniy darajasini yanada yuksaltirish, teatr, musiqa, xoreografiya, estrada va sirk san’atini yanada rivojlantirish maqsadida Madaniyat vazirligiga 727,9 milliard so‘m ajratilishi belgilangan. 

Bu borada Madaniyat vazirligi tomonidan madaniyat markazlari hamda bolalar musiqa va san’at maktablarida madaniyat va san’at yo‘nalishlarida 2022 yil uchun 3,3 mingta to‘garak faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilangan bo‘lib, shundan birinchi yarim yillik uchun tasdiqlangan, aniqlangan reja va uning ijrosi ming nafarni tashkil etmoqda. 
 
— 2022 yil uchun byudjet xarajatlari va rivojlantirish dasturlarining maqsadli indikatorlari doirasida Yoshlar ishlari agentligi tomonidan muayyan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, — dedi Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari D.Kattaxonova. — Agentligimiz tomonidan yoshlar bandligiga ko‘maklashish va ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni moliyalashtirish uchun 50 milliard ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu mablag‘lardan joriy yilning birinchi yarim yilligiga ajratilgan 334 million so‘m to‘liq o‘zlashtirilib, belgilangan vazifalar ijrosi ta’minlandi. 
 
Qo‘mita a’zolari barcha mas’ullarning axborotidan kelib chiqib, o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdi, savollarini o‘rtaga tashladi, sohadagi ishlarni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalarni ilgari surdi. Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishlardagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish borasida tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi aytib o‘tildi. 
 
 

M.Komilova, O‘zA