Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsadimiz - raqamlashtirish orqali sud tizimini mustahkamlash
13:48 / 2025-12-29

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar sud-huquq sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirishga, sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga zamin yaratdi.

Shu bilan birga, mamlakatni rivojlantirishning zamonaviy talablari va strategik ustuvor vazifalari sud-huquq tizimini yanada takomillashtirishni talab etadi. 

Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan sud-huquq islohotlarining asosiy maqsadi - odil sudlovni ta’minlash, inson huquq va erkinliklarini samarali himoya qilish, sud tizimining haqiqiy mustaqilligi va shaffofligini ta’minlashdir. 

Shu bois ham O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 21 avgustdagi “Odil sudlov sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-141-son farmonining qabul qilinishi ayni muddao bo‘ldi. Farmonning amalga kiritilishi mamlakatda sudyalikka nomzodlarni tayyorlash tizimini tubdan yangilash, xalqaro standartlarga mos kadrlar siyosati yuritish hamda sudyalar mustaqilligi va mas’uliyatini ta’minlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 26 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi sud-huquq tizimini modernizatsiya qilishning yangi va ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Prezidentimiz Murojaatnomada “sud-huquq tizimini xalqqa yaqinlashtirishga qaratilgan ishlarimizni izchil davom ettiramiz. Biz odil sudlov jarayonini “raqamli sud” konsepsiyasi asosida tashkil etishni boshladik”, deb sud tizimini yangicha ishlashga o‘tish lozimligi alohida ta’kidladi.

“Raqamli sud” konsepsiyasi - sud jarayonlari samarali, tezkor va shaffof bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan innovatsiyaviy yondashuv sanaladi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida sudlarda ish yurituvini optimallashtirish orqali sudlarga bo‘lgan ishonchni yanada oshirish, adolatni ta’minlash va fuqarolar uchun qulayliklar yaratiladi.

“Raqamli sud” tizimini joriy etish nafaqat sudlar faoliyatida samaradorlik va shaffoflikni oshiradi, balki inson ishtirokini qisqartiradi va xatolarini kamaytiradi, adolatni ta’minlashda zamonaviy texnologiyalarning o‘rnini mustahkamlaydi

Murojaatnomada belgilangan yangi vazifalarning amalda ta’minlanishi mamlakatning sud-huquq tizimi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, shuningdek aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

Murojaatnomada ko‘rsatilgan sud-huquq sohasidagi yangi vazifalar islohotlarni jadallashtirish, chinakam va ishonchli sud hokimiyatini shakllantirish, jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va erkinliklarini sud tartibida himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini beradi. 

Murojaatnoma yurtimizda yuqori malakali, halol va adolatli sudyalar korpusini shakllantirish ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, “Yangi O‘zbekiston”da sud hokimiyatining mustaqilligi, adolatliligi va xolisligini yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan strategik hujjat hisoblanadi.

Mujaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish sud tizimining konstitutsiviy-huquqiy va odil sudlovni amalga oshirish kafolatlarini yanada kuchaytiradi. Shuningdek, zamonaviy fikrlaydigan yangi zamon sud kadrlarini tayyorlash imkonini kengaytiradi, jamiyat tomonidan sudyalik kasbiga ishonch va nufuz oshadi, kadrlar tanlovida shaffoflik va raqobat muhiti yaratiladi, sudyalarning kasbiy salohiyati va axloqiy barqarorligi mustahkamlanadi va amaldagi sud ishlarining sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.

Boboqul Toshev

Odil sudlov akademiyasi professori