English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsadga yarasha ragʻbat
19:29 / 2019-04-23

Namanganda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oʻrtacha oʻzlashtirishi 86 foizdan yuqori boʻlgan hamda muddatli harbiy xizmatni oʻtab imtiyozli ravishda oʻqishga qabul qilingan talabalarga shartnoma asosidagi toʻlovning 35 foizni toʻlab berilishi toʻgʻrisidagi sertifikatlar topshirildi.


Namanganda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan oʻrtacha oʻzlashtirishi 86 foizdan yuqori boʻlgan hamda muddatli harbiy xizmatni oʻtab imtiyozli ravishda oʻqishga qabul qilingan talabalarga shartnoma asosidagi toʻlovning 35 foizni toʻlab berilishi toʻgʻrisidagi sertifikatlar topshirildi.

Shu munosabat bilan shahar markazidagi “Uch favvora” xiyobonida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati va samaralari taʼkidlandi.

6.jpg

– Prezidentimizning 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi farmoni faol, intiluvchan yoshlarni ragʻbatlantirishning yangi imkoniyatlarini ochdi, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi boʻlim mudiri D.Abduvosiyev. – Mazkur hujjatga asosan 2017 yildan boshlab oliy taʼlim muassasalarida aʼlo baholarga oʻqiyotgan, tashkilotning faol aʼzosi boʻlgan talaba-yoshlarga bir yillik toʻlov-shartnoma pulining 35 foizi yoshlar tashkiloti tomonidan toʻlab berilayotgani talabalarni oʻz ustida yanada jiddiyroq ishlashga undamoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, joriy oʻquv yilida viloyatdagi oliy taʼlim muassasalarining 393 nafar talabasiga jami 1 milliard 103 million 735 ming soʻmdan ziyod toʻlov-shartnoma pullari toʻlab berildi. Ushbu imtiyozlarni berilishida talaba-yoshlarning tashkilot tizimida amalga oshirgan ishlari, faolliklari, jamiyatimiz rivojiga qoʻshgan hissasi alohida inobatga olindi.

12.jpg