Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad – yoshlar muammolarini hal etish
10:25 / 2025-07-17

Jizzax viloyati hokimligi anjumanlar saroyida yoshlar masalasiga bag‘ishlangan keng miqyosli yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston mahallalalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev, viloyat hokimining tegishli o‘rinbosarlari, otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha viloyat shtabi a’zolari, ishsiz yoshlarga biriktirilgan mas’ullar, viloyat boshqarma va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.  

Yig‘ilishga shahar va tuman hokimlari hamda ularning o‘rinbosarlari, prokuratura, ichki ishlar, milliy gvardiya, mudofaa, adliya va soliq organlari rahbarlari, shuningdek, harbiy qismlar va hududiy ta’lim muassasalari direktorlari Zoom platformasi orqali ulandi.  

Tadbir davomida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida belgilab berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, yoshlar siyosatidagi dolzarb muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi. Bundan tashqari, anjuman davomida yoshlar yetakchilarining ta’lim muassasalari bilan hamkorligini samarali yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqildi.  

Mahallalalar uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev va viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Mustafoyev yig‘ilishda so‘zga chiqib, mutasaddi rahbarlar va mas’ul shaxslarga aniq vazifalar yukladi, tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

A.Qayumov,  

O‘zA muxbiri