Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad xodimlar xavfsizligi
15:07 / 2022-10-28

Aholini o‘z vaqtida maishiy gaz balloni bilan ta’minlash maqsadida gaz to‘ldirish shoxobchalarida ish jarayonlari samarali tashkil etilmoqda.

Amaliy ishlarning o‘z vaqtida bajarilishi uchun esa soha xodimlarining xavfsizlikka e’tibor qaratishi muhim hisoblanadi.

Shu maqsadda Buxoro viloyati “Romitan” gaz to‘ldirish shoxobchasida gaz ta’minoti filiali mas’ul xodimlari hamda hamkor tashkilotlar bilan birga taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

– Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarning oldini olish, baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida bartaraf etish, tez tibbiy yordamning muhimligi amaliy jarayonlar misolida ko‘rsatib o‘tildi, – deydi “Hududgaz Buxoro” bo‘lim boshlig‘i Aziz Rasulov. – Eng asosiy maqsad xodimlarning xavfsizligini ta’minlashdir.

 

Zarif Komilov, O‘zA