Maqsad – turizm rivojiga hissa qo‘shish
FOTOREPORTAJ
Farg‘ona shahridagi “Dilrabo travel” sayyohlik kompaniyasi ichki va tashqi turizmni rivojlantirish borasida namunali xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Yaqinda yuz nafar farg‘onalik sayyoh kompaniya hamrohligida Qirg‘iziston Respublikasi Qadamjoy shahrida joylashgan Haydarkonda – archalar bilan qoplangan purviqor tog‘lar orasidagi turistik maskanda dam olib qaytishdi.
“Dilrabo travel” sayyohlik kompaniyasi rahbari Sadafbek Husanboyevning aytishicha, qo‘shni davlatlar hamda O‘zbekistonning diqqatga sazovor joylariga sayyohlar soni kundan-kunga ko‘payib bormoqda.
[gallery-15762]
O‘zA suratlari.