French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad tizimda korrupsiyani yo‘qotish
19:13 / 2021-12-01

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida «9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni»ga bag‘ishlangan antikorrupsion haftalik doirasida «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda bojxonachilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar qatnashdi.

Tadbirda xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyat mudiri, hududiy kengash kotibi Sadriddin Sharopov hamda Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i, bojxona xizmati podpolkovnigi Bahodir Qutlimuratov qatnashdi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yillarda davlat rahbari tomonidan mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangandi. Jumladan, keyingi yillarda qabul qilingan qonunlar, Prezident farmon va qarorlarida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosi natijasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi yanada kengayib, samarali mexanizmlar amaliyotga tatbiq etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy Kengashi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari to‘g‘risidagi Nizom hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlari a’zolari tarkibi tasdiqlandi. Bugun viloyatda 28 nafardan iborat hududiy kengash a’zolari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Hududiy kengashning asosiy vazifalari belgilab berilgan.

Viloyatda joriy yilning o‘tgan 9 oyi davomida 215 nafar shaxslar tomonidan 298 ta holatda sodir etilgan korrupsiya va davlat mulkini talon-taroj qilish bilan bog‘liq jinoyatlar yuzasidan tergov harakatlari olib borilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikni oldini olish maqsadida bevosita viloyat prokuraturasi organlari tomonidan 2 ming 129 ta, shundan 309 ta holatda ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan foydalangan holda va 1 ming 820 ta holatda og‘zaki targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan.

«Ochiq eshiklar kuni» tadbiridan ko‘zlangan asosiy maqsad bojxona organlari tizimida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy aksilkorrupsiyaviy tizimlarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan keng jamoatchilikni tanishtirishdir.

Qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘lgan tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA