Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida “Mikrokreditbank” ATB tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda davlat tomonidan tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, “Mikrokreditbank” tomonidan mijozlarga taqdim etilayotgan moliyaviy xizmatlar va kredit turlari, sohadagi yangiliklar haqida axborot berildi.
Tadbirda korxonalar vakillari, tadbirkorlar so‘zga chiqib, ko‘p yillar davomida “Mikrokreditbank” xizmatidan foydalanayotgani, kelgusida tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirishda bank bilan hamkorlikni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirdi.

Shuningdek, bank mijozlari faoliyatlarini rivojlantirish, ko‘proq ish o‘rinlari yaratish, yangi loyihalar uchun kreditlar ajratilishi, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish borasida ham fikr yuritildi. Savdo, xizmat ko‘rsatish, ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda biznes boshlashni rejalashtirayotgan fuqarolar o‘z tashabbuslari bilan chiqdi. Ularning biznes tashabbuslarini moliyalashtirish yuzasidan kengashib olindi.

Tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari B.Ahmedov va “Mikrokreditbank” ATB boshqaruvi raisi O.Bo‘tayev ishtirok etdi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.