Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad – sayyohlar xavfsizligini ta’minlash
08:00 / 2025-08-07

So‘nggi yillarda mamlakatda turizm sohasini jadal rivojlantirish, uning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Buxoro viloyati o‘zining boy tarixiy merosi, qadimiy me’moriy obidalari va milliy madaniyat yodgorliklari bilan yurtimizda yetakchi turizm markazlaridan biridir.

Mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimini oshirish bilan birga, ularning xavfsizligi, huquq va manfaatlarini ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifasi bo‘lib qolmoqda.

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi deputatlik guruhi a’zolari  viloyatda xavfsiz turizmni rivojlantirish maqsadida Xavfsiz turizmni boshqarish boshqarmasi, Turizm boshqarmasi, Viloyat davlat soliq boshqarmasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, Viloyat transport boshqarmasi, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Hunarmandlar uyushmasi viloyat boshqarmasi, Davlat xizmatlari agentligi viloyat boshqarmalari bilan hamkorlikda chuqur tahliliy o‘rganishlar olib borildi. 

Hamkorlikda amalga oshirilgan o‘rganishlar davomida Buxoro shahrining tarixiy qismi, turistik ob’ektlar va ularga tutash hududlarda sayyohlar xavfsizligini ta’minlash holati o‘rganildi, mavjud muammolar tahlil qilindi hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha manzilli takliflar ishlab chiqildi.

Tarixiy obidalar joylashgan hududlarda 23 banddan iborat Qo‘shma reja asosida ichki ishlar, milliy gvardiya, turizm, madaniy meros, ekologiya va soliq boshqarmalari bilan hamkorlikda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan bo‘lib, sayyohlar eng ko‘p tashrif buyuradigan joylarda ikki asosiy patrullik yo‘nalishi joriy qilingan.

Buxoro shahrining tarixiy qismi hisoblangan Ark qo‘rg‘oni hududida faoliyat yuritib kelayotgan tadbirkorlar 57 dona elektromobil, 43 dona skuter,  200 dona elektrosamokat,  180  dona velosiped vositasida fuqarolarni me’moriy obidalarga olib borib qo‘yish va ushbu texnikalarni ijaraga berish kabi xizmatlar bilan shug‘ullanmoqda.

Suhbat davomida  soha mutaxassisilar tomonidan salbiy holatlar va sayyohlar bilan o‘tkazilgan so‘rov-suhbatlar asosida olib borilgan o‘rganishlar  Buxoro shahrining tarixiy qismida moped va elektromobil haydovchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinmasligi, ortiqcha yo‘lovchi tashilishi, xavfsizlik to‘siqlarining yo‘qligi hamda qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanish holatlari sayyohlar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalariga sabab bo‘layotganini ko‘rsatdi. 

Muloqotda Buxoro shahrining tarixiy markazi hududida yashash uylari orasidagi o‘tish yo‘laklarining torligi va yong‘in o‘chirish avtomobillarining harakatlanishi uchun avtomobil yo‘llarining kamligi, aksariyat aholi yashash uylarining yong‘in bardoshlilik darajasi IV yoki V darajani tashkil qiladi. Bu holat o‘z navbatida tarixiy markaz hududida sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish va insonlar va moddiy boyliklarni qutqaruv ishlarida murakkabliklarni yuzaga keltiradi va yong‘inlarning katta maydonga tarqalishiga olib kelayotganligi ta’kidlandi.

Yana shuningdek, ayrim gidlar tomonidan sayyohlarga berilayotgan tarixiy ma’lumotlar to‘liq emasligi, ayrim hollarda esa noto‘g‘ri yoki buzib talqin qilinayotganligi holati haqida ham so‘z yuritilib, gidlar faoliyatida yagona standart va sifat nazorati yo‘qligi tufayli tartibsizliklar yuzaga kelayotgani ochiqlandi. Buni oldini olish uchun mutaxassisilar tomonidan rasmiy attestatsiya tizimini joriy etish, “Gidlar uyushmasi”ni tashkil etish,  Gidlar reyestri va guvohnoma tizimini joriy qilish kabi muhim takliflar ilgari surildi.

Uchrashuvda Buxoro shahrida joylashgan turistik infratuzilma ob’ektlarida xavfsizlikni ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni samarali bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.