Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad – qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish
19:30 / 2025-04-17

Tataristonning “Alabuga” maxsus iqtisodiy zonasining davlat sektori va yirik biznes vakillari bilan hamkorlik bo‘yicha departamenti rahbari Pyotr Meravishvili boshchiligidagi delegatsiya Buxoroga keldi.

Dastlab kompaniyalar mutasaddilari “Buxoro sanoatni rivojlantirish” maxsus sanoat parkida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Shundan so‘ng, viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirokida investitsiya va savdo-iqtisodiy hamkorlikning keng ko‘lamli amaliy masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish jarayonini, mavjud savollar va ularni hal etish mexanizmlari ko‘rib chiqildi. 

“Buxoro sanoatni rivojlantirish” maxsus sanoat parkida yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Muzokaralar yakunida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha tizimli hamkorlikni davom ettirish hamda rivojlantirishga kelishib olindi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.