Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad – professional kadrlar zaxirasini shakllantirish
18:09 / 2022-12-13

Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan tegishli nomzodlar uchun navbatdagi qisqa muddatli malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Ta’kidlash kerakki, bugun Milliy kadrlar zaxirasi ilg‘or xorijiy tajriba va milliy amaliyot uyg‘unligi asosida takomillashmoqda.  Maqsad rahbarlikka tasodifan kelib qolishning oldini olish, milliy, respublika, tarmoq va hududiy darajalarda professional tayyorlangan samarali kadrlar zaxirasini shakllantirishdir.  

Ayni damda Davlat boshqaruvi akademiyasida boshlangan o‘quvda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat boshqaruvi akademiyasi rahbariyati, mas’ul vakillari, nomzodlar hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.  

O‘quv tinglovchilarning davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimi, korrupsiyaga qarshi kurash, davlat xizmatini raqamlashtirish, boshqaruv mahorati yo‘nalishlaridagi intellektual va professional salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.  

O‘zA