Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish
13:56 / 2022-12-21

Buxoro viloyatida aholi nisbatan gavjum va tig‘iz istiqomat qilayotgan hududlarda faoliyat yuritayotgan umumta’lim maktablari qoshida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni kitobxonlikka, sportga va boshqa sohalarga jalb qilish maqsadida alohida sport maydonchalari, axborot kutubxona markazidan iborat majmualar tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Buxoro shahridagi 5 ta umumta’lim maktabi qoshida ana shunday majmualar barpo etildi. Ochiq byudjet va mahalliy byudjet mablag‘lari asosida 3.3 milliard mablag‘ evaziga bunyod etilgan majmualar endilikda o‘quvchi-yoshlarning sevimli maskaniga aylangan.  

Mahalliy aholining onlayn tartibdagi ovoz berish yo‘li bilan ayni kunda 1 ming 200 dan oshiq o‘quvchi ta’lim-tarbiya olayotgan maktabimiz bazasida alohida majmuani barpo etish loyihasi ishlab chiqildi, – deydi Buxoro shahridagi 31-umumta’lim maktabi direktori Feruza Hikmatova. –Buning uchun mahalliy byudjet mablag‘i hisobidan qariyb 1 milliard so‘m sarmoya ajratilgan. Bu esa ota-onalarni juda ham xursand qildi. Ta’lim dargohimiz yon tomonidan ajratilgan qariyb 70 sotix yer maydonida aholi talab va istaklariga muvofiq, standart o‘lchamidagi sun’iy qoplamali mini futbol, basketbol hamda voleybol maydonchalari, ular atrofida Workaut  hamda yugurish yo‘laklari bunyod etildi. Shuningdek, 1,5 ming dona kitob fondiga ega axborot kutubxona, stol tennisi, shaxmat-shashkaga qiziquvchi o‘smirlar uchun alohida joylar, shuningdek, maktabning eski va ta’mirtalab ustaxonasi o‘rnida hududdagi xotin-qizlarni kasb-hunarga tayyorlash uchun shinam tikuv sexi, qolaversa, majmuada ota-onalar uchun hordiq chiqarish o‘rinlari qurib bitkazildi. Ayni paytda bu majmua o‘quvchi-yoshlar bilan gavjum.  

Shahardagi 5-, 10-, 14- va 15-maktablar bazasida ham ana shunday majmualar samarali faoliyat olib bormoqda.  

 

Zarif Komilov,  

O‘zA