Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad – oilalar farovonligini ta’minlash
17:14 / 2025-07-31

Bosh vazir o‘rinbosari Z.Mahkamova Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanining “O‘zanon” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ustoz-shogird an’analari orqali ularning iqtisodiy faolligini kuchaytirish hamda oilalar daromadini oshirishga qaratilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Jumladan, “Behruz-Shahruz ravnaqi” MCHJ faoliyati o‘rganildi. Korxonada hozirgi kunda 100 nafar xotin-qiz doimiy ish bilan ta’minlangan. Ular tikuvchilik va zardo‘zlik mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Korxona bilan hamkorlikda 1000 nafarga yaqin tikuvchi va zardo‘z ayollar asosan uy sharoitida ish olib bormoqda.

[gallery-24558]

Z.Mahkamova tuman rahbarlari va mahalla mas’ullari, “Oqila ayollar” harakati a’zolari hamda fuqarolar ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat chog‘ida oilalar daromadini oshirish, oilalarni mustahkamlash, ajrimlar va jinoyatchilik kabi salbiy illatlarning oldini olish, shuningdek, yoshlar tarbiyasida oilaning o‘rnini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr va takliflar almashildi.

Uchrashuvda mahallada xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish va ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash borasidagi imkoniyatlarni kengaytirish bo‘yicha tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatdi.

Zarif Komilov, Tohirjon Istatov (surat), O‘zA muxbirlari.