Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad, mehnat bozoriga bilimli, salohiyatli kadrlarni yetkazishdir
15:03 / 2021-10-01

1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Jizzax shahrida viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi, Jizzax davlat pedagogika instituti “Karera markazi” bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda boshqarma bo‘lim boshliqlari, tuman-shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mudirlari, institutning maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi kurs talbalari ishtirok etdi.

Davlatimiz rahbari “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan yo‘llagan bayram tabrigida ta’kidlanganidek, o‘z hayotini yosh avlodni barkamol etib tarbiyalashdek mashaqqatli va sharafli vazifaga bag‘ishlagan o‘qituvchilar bugungi kunimizning chin ma’nodagi qahramonlari, ekanligi shubhasiz.

Ushbu uchrashuv – maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi talabalari bilan mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari asosida mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko‘nikmalarini shakllantirish, o‘z sohasida tajribasini oshirishga ko‘maklashish, jamiyatga salohiyatli kadrlarni tayyorlab, yetkazib berish va ularning ish topishga yordamlashish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda ta’kidlanishicha, bugungi kunda tizimga oliy ma’lumotli kadrlarni jalb etish, bu orqali maktabgacha ta’lim sifat ko‘rsatkichini oshirish va bosqichma-bosqich magistr kadrlarni ham tizimga jalb etish masalasi maqsad qilib olingan.

 

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA