English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad – mahallalar xavfsiz va tinch aholi maskanlariga aylansin
18:08 / 2025-04-21

Qo‘shning tinch– sen tinch, deb bejiz aytishmaydi. Albatta, har bir insonning tinch-totuv yashashi, xotirjam hayot kechirishi uning qo‘ni-qo‘shnisi-yu mahalladoshlariga ham bog‘liq. Ilgari biror mahalladan kelin olmoqchi bo‘lgan odamlar, eng avvalo, mahallada o‘g‘ri, kazzob, jinoyatchilar bor yoki yo‘qligi bilan qiziqqan. Ibratli mahallada yashovchi insonlarga esa hammaning havasi kelgan. Hozir ham xuddi shunday.

Sababi bugungi kunda mahallalarda fuqarolarning tinch va osoyishta hayot kechirishini ta’minlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Bunday osoyishtalikni ta’minlash uchun, eng avvalo, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan bir qator chora tadbirlar olib borilmoqda. 

Ushbu chora- tadbirlarning amaliy ijrosi sifatida esa ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi bilan 15 apreldan 15 mayga qadar Respublika bo‘ylab “xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbirlari tashkil etiladi. 

Mazkur tadbirlarning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida Xorazm viloyatidagi huquqni muhofaza qiluvchi organlar, jamoatchilik vakillari hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda hududlarda jinoyatchilik va xuquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlar yo‘lga qo‘yildi. 

Xususan, Qo‘riqlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan mahallalarda va unga tutash hududlarda jinoyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik targ‘ibot-tashviqot ishlari tashkil etildi. Fuqarolarga qo‘riqlov signalizatsiya vositalarining turlari hamda vazifalari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Mahalla yettiligi bilan hamkorlikda “xavfsiz yo‘lak, xavfsiz ko‘cha” tamoyili asosida ko‘chalar va mahallalarga tutash hududlarga videokuzatuv va tezkor xabar berish tizimlari o‘rnatildi. Ko‘p qavatli uylarning kirish qismlari “tashvish tugma”lari bilan jihozlandi. Fuqarolar xonadonlari hamda savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qo‘riqlovga olindi. Bir so‘z bilan aytganda, amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlardan asosiy maqsad bitta– Respublikamiz hududidagi barcha mahallalarni bosqichma -bosqich xavfsiz va tinch aholi maskanlariga aylantirish. 

N.Rahmonova, O‘zA