Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad: korrupsiya xavfini bartaraf etish
16:25 / 2025-12-16

Guliston shahrida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni hamda Aksilkorrupsiya oyligi doirasida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Guliston harbiy prokurori, boshqarma rahbariyati, OAV vakillari, jurnalistlar va blogerlar, shuningdek, Axborot xizmati xodimlari ishtirok etishdi.

Ma’ruzalar davomida Favqulodda vaziyatlar tizimida korrupsiyaga qarshi amalga oshirilayotgan islohotlar, korrupsion holatlarning oldini olish, idorada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash chora-tadbirlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga FVV tizimida zamonaviy texnologiyalar va tizimli nazorat usullari orqali korrupsiya xavfini kamaytirish yo‘llari tushuntirildi.

Tadbir davomida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ham muhokama qilindi. Maxsus blok-sessiyada qatnashchilar tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar atroflicha va aniq javoblar berishdi, bu esa jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun ochiq va samarali muhokama imkonini yaratdi.

–  Bizning asosiy maqsadimiz — Favqulodda vaziyatlar tizimida korrupsiya xavfini bartaraf etish, idorada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdir, –  dedi  Boshqarma boshlig‘i, polkovnik G‘ulomjon Muhammedov.  –   Bu esa nafaqat ish faoliyatimiz samaradorligini oshirish, balki aholi va jamoatchilik ishonchini mustahkamlashda ham muhim ahamiyatga ega. Bizning fikrimizcha, ochiq eshiklar tadbirlari orqali jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikni kuchaytirish mumkin.

Shu tariqa, tadbir nafaqat korrupsiyaga qarshi kurash va ochiqlikni ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida axborot berish, balki jamoatchilik va aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning fikr-mulohazalarini tinglash va maslahatlarini olishga ham qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar korrupsiyaga qarshi kurashda faollikni oshirish va favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlashda hamkorlik qilishning muhimligiga urg‘u berishdi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri