Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad – jinoyatchilikni jilovlash
14:23 / 2023-12-14

Mamlakatimizda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar jarayonida jinoyatchilikni jilovlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu borada samarali tizimning joriy qilingani, xususan, kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatayotgan omillarning “ilmiy diagnoz” asosida o‘rganilib, o‘z vaqtida bartaraf etilayotgani ijobiy natija bermoqda. Muhimi, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasidagi ishlar jadal davom ettirilmoqda.    

Shu kunlarda IIV akademiyasi boshlig‘i rahbarligidagi ishchi guruh Surxondaryo viloyatining kriminogen vaziyatini o‘rganishga jalb qilingan. Bundan ko‘zlangan maqsad huquqbuzarliklarning sabab va sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shu orqali “mahalla yettiligi” a’zolariga ilmiy-amaliy jihatdan yordam ko‘rsatishdir.  

Aytish joizki, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida ishchi guruh vakillari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirildi. Xususan, Qumqo‘rg‘on tumanining “Besh qahramon”, “Do‘stlik”, Sho‘rchi tumanining “Navro‘z”, “Bobur”, “Bobotog‘”, Sariosiyo tumanining “Afrosiyob”, “Mirzo Ulug‘bek”, Uzun tumanining “O‘zbekiston”, Denov tumanining “Nurli manzil” hamda Sherobod tumanining “Kattabog‘” mahallalarida uchrashuvlar o‘tkazildi.  

Faollar bilan muloqotda hududlarning kriminogen holati, sodir etilayotgan jinoyatlarning omillari, o‘ziga xos xususiyatlari, ijtimoiy profilaktika borasida qilinayotgan ishlar, mavjud muammolar tahlil qilindi. Mas’ullarga aholining tinch-osuda hayotini ta’minlash va turmush farovonligini oshirish, jinoyat sodir etilishiga imkon berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish, “mahalla yettiligi” tizimini samarali yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq takliflar berildi.  

IIV Akademiyasi Axborot xizmati