Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad – ingliz tilini o‘qitish sifatini oshirish
08:28 / 2025-11-11

FOTOREPORTAJ

Buxoroda Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan Buyuk Britaniyaning “Cambridge University Press and Assessment” tashkiloti bilan hamkorlikda “Cambridge Day” tadbiri o‘tkazildi.

Hamkorlikdagi dastur doirasida tashkil etilgan tadbir “Cambridge” imtihonlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berish, tajriba almashish va ushbu xalqaro imtihon tizimini O‘zbekistonda keng joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga qaratilgan. 

Tadbirda hamkor tashkilot vakillari, mahalliy va qo‘shni davlatlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilari qatnashdi. Ishtirokchilarga imtihon tizimi, o‘quv resurslari va xalqaro baholash standartlari haqida batafsil ma’lumot berildi. 

[gallery-26165]

O‘zbekistonda ingliz tilini o‘qitish sifatini xalqaro mezonlar asosida oshirish, o‘qituvchilarning malakasini xalqaro darajada tasdiqlash, hududlardagi ta’lim muassasalari, ayniqsa xususiy o‘quv markazlari bilan tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, “Cambridge” imtihonlarini o‘tkazish hududlarini kengaytirish va imtihonlar topshirish jarayonini osonlashtirish, Agentlikning xalqaro ta’lim tashkilotlari bilan aloqalarini mustahkamlash va milliy ta’lim tizimini global ta’lim maydoniga integratsiya qilish masalalariga tadbirda alohida e’tibor qaratildi. 

Tohir ISTATOV (surat), O‘zA