Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad – ekologik barqarorlikni ta’minlash
10:20 / 2025-12-04

Tabiiy gaz ta’minotini bir maromda yetkazib berish hamda iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Amaliy ishlar davomida tizim xodimlarining faolligini oshirish, mas’uliyat bilan o‘z ishiga yondashishi uchun esa korxonaning moddiy-texnika bazasi yangilanmoqda. Ayniqsa, favqulodda holatlarda tezkorlik bilan avariya jarayonlarini bartaraf etishda dispetcherlik xizmati xodimlari uchun to‘liq jihozlangan, yangi 17 ta “104 – gaz avariya xizmati” avtomashinalari ajratildi.

Mazkur avtomashinalarni topshirish tadbirida so‘zga chiqqan viloyat hokimi Botir Zaripov Prezidentimiz huzurida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ekologik barqarorlik, shu jumladan, chiqindilarni qayta ishlash, qishga tayyorlik masalalari atroflicha ko‘rib chiqilib, bu borada hududlar rahbarlariga muhim topshiriqlar berilganini, avariya dispetcherlik xizmati xodimlariga topshirilayotgan avtomashinalar ushbu chaqiriqqa munosib javob berishini ta’kidladi.

Shuningdek, tadbirda “Hududgaz Buxoro” gaz ta’minoti filiali tomonidan mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar taqdimoti ko‘rib chiqildi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.