Maqsad – chegara va davlat xavfsizligini taʼminlash
Bugun shiddat bilan oʻzgarib borayotgan zamon va harbiy-siyosiy vaziyat mazkur soha vakillari zimmasidagi masʼuliyat yukini bir qadar oshirmoqda.
Sarhadlar xavfsizligi va daxlsizligi, hududiy yaxlitlikni saqlash, tashqi tahdidlar yuzaga kelganda uni bartaraf etishga shay turish Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining asosiy vazifalari sirasidandir.
Bugun shiddat bilan oʻzgarib borayotgan zamon va harbiy-siyosiy vaziyat mazkur soha vakillari zimmasidagi masʼuliyat yukini bir qadar oshirmoqda. Shulardan eng asosiysi, harbiy sohaga oid ilm-fan yutuqlarini tezda oʻzlashtirish, mudom yangiliklarga intilish, izlanishdir.
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida “Chegara xavfsizligi – Oʻzbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik tizimining tarkibiy qismi” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazildi.
Unda Qurolli Kuchlar tizimidagi oliy harbiy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari va kursantlari ishtirok etdi.
Ilmiy-amaliy konferensiyaning maqsadi chegara va davlat xavfsizligini taʼminlash, zamonaviy xavf va tahdidlarni, shuningdek, xalqaro va milliy amaliyotni hisobga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi chegara qoʻshinlarining tajribasini oshirish boʻyicha amaliy tavsiya va takliflar ishlab chiqishdan iborat boʻldi.
Mutaxassislar tegishli mavzular boʻyicha maʼruza qilib, anjuman yakuniy qarorini qabul qilishdi.
Xolmuhammad JOʻRABOYEV, mayor