English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad aliment ijro hujjatlari sonini kamaytirish
16:57 / 2025-03-14

Majburiy ijro byurosi organlari ish yurituvidagi aliment undiruvlari bilan bog‘liq ijro hujjatlari alohida nazoratda turishi bejiz emas. Chunki, bu turdagi ijro hujjatlari bo‘yicha undiruvdan tushgan mablag‘ farzand ta’minotiga yo‘naltiriladi.

Bugungi kunda Byuroning Toshkent viloyati boshqarmasi va uning tuman-shahar bo‘limlari ish yurituvida aliment bilan bog‘liq 31 ming 688 ta ijro hujjati mavjud. Ushbu yo‘nalishdagi undiruvlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida boshqarma boshlig‘i farmoyishiga asosan boshqarma xodimlari tarkibida ishchi guruh tashkil etilgan. Uning asosiy vazifalari aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari sonini qisqartirish, oilalarni yarashtirish, aliment qarzdorligi yuqori bo‘lgan shaxslarni qidirib topish va huquqiy choralarni qo‘llashdan iborat. 

Hozirda ishchi guruh tomonidan 5 ta hududiy bo‘limda olib borilgan ishlar va amaliy yordam ko‘rsatilishi natijasida jami aliment ijro hujjatlari bo‘yicha 6,1 milliard so‘m undirildi. Shuningdek, aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan 77 nafar qarzdorlarga nisbatan qonuniy javobgarlik masalasi qo‘llanib, 17 nafar qarzdorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. 

Farmoyish ijrosi bo‘yicha tadbirlar Toshkent viloyatining barcha hududlarida o‘tkaziladi. 

A.Musayev, O‘zA