Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maqsad — aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish
19:42 / 2025-07-28

FOTOREPORTAJ

Bugungi kunda shaharlarda avtotransport vositalarining ortishi nafaqat tirbandliklarga, balki atmosfera havosining ifloslanishiga ham sabab bo‘layotgani sir emas. Shu bois jamoat transportini rivojlantirish aholiga qulaylik yaratish, balki ekologik barqarorlikni ta’minlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbarining 2023 yil 16 fevralda qabul qilingan “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Jizzax shahrida jamoat transporti xizmatini yaxshilashga qaratilgan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayni kunlarda shahar ko‘chalarida Xitoyning “Yutong Bus Co., Ltd.” kompaniyasida ishlab chiqarilgan yana 30 ta zamonaviy, energiya tejamkor va qulay avtobuslar qatnovni boshladi.

[gallery-24506]

– Keltirilgan yangi avtobuslar ayni paytda shahrimizdagi yo‘lovchi oqimi yuqori bo‘lgan 103- va 112-yo‘nalishlarda qatnovni boshladi, - deydi “Bizning kuch” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi G‘ayrat Mavlonov. – Ushbu avtobuslar nafaqat qulayligi, balki tashqi dizayni boshqa avtobuslarga qaraganda farq qiladi. Ular orqali fuqarolarga ko‘rsatilayotgan jamoat transporti xizmati yanada sifatli va samarali bo‘lishi shubhasiz.

Mazkur avtobuslar transport sohasini rivojlantirish bilan birga yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, 50 nafar fuqaro ish bilan ta’minlandi. Avtobus haydovchilari maxsus o‘quv-tanishuv kurslarini tamomlab, amaldagi faoliyatga jalb etildi.

Jizzax shahrida jamoat transporti tarmog‘ining kengayishi, yo‘nalishlar sonining ko‘payishi va xizmat sifati yaxshilanishi fuqarolarning kundalik hayotida muhim o‘rin tutadi. Bu esa shahar infratuzilmasini takomillashtirish, ekologik barqarorlik va ijtimoiy qulaylikni ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.

Jamshid YORBEKOV (surat), O‘zA